Ayrim tadbirkorlarga ishchilarning daromad soligʻi qaytarib beriladi

21:43 03 Fevral 2024 Jamiyat
477 0

Qonunchilikka koʻra, 2024-yil 1-iyulgacha issiqxonaga ixtisoslashgan yer maydoni 25 sotixdan koʻp boʻlgan tadbirkorlar tomonidan ishchilarining mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlari boʻyicha toʻlangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini quyidagi shartlarga bir vaqtning oʻzida rioya qilinganda tadbirkorlarga qaytarib berish tartibi joriy etilgan:

— har bir 5 sotix yer maydoni uchun oyiga kamida 1 nafar ishchining bandligini taʼminlash;

— har bir ishchi uchun oyiga mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadni mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 1 baravaridan kam boʻlmagan (1 mln 50 ming soʻm) miqdorda belgilash;

— issiqxonaga ixtisoslashgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan issiqxona faoliyati boʻyicha olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha jami daromadning kamida 60 foizini tashkil etishi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер