Ayrim soliq hisobotlari Soliq organlari tomonidan avtomatik tarzda shakllantiriladi
Soliq Qoʻmitasi Axborot xizmatining maʼlumotiga koʻra, Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq 2024-yil 1-yanvardan:
Soliq toʻlovchilarning tanloviga koʻra QQS, AOS, yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soliqlari boʻyicha soliq hisobotlarini Soliq organlari tomonidan avtomatik tarzda shakllantirish tartibi joriy etiladi.
Bunda soliq toʻlovchi yoki uning vakolatli vakili soliq organlari tomonidan shakllantirilgan soliq hisobotining toʻgʻriligi va toʻliqligini tasdiqlaydi yoki hisobotni qayta ishlab, soliq organlariga taqdim etadi.
Ayrim soliq hisobotlari Soliq organlari tomonidan avtomatik tarzda shakllantiriladi.
Sotuv cheklarini rasmiylashtirishdagi texnik xatoliklarga tuzatish kiritish muddati keyingi soliq hisobotlarini topshirish davriga qadar uzaytiriladi (20.10.2023-y.).
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring