Ayrim fuqarolarga har oy kompensatsiya puli toʻlanadi
Hukumat qarori bilan Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatida faol ishtirok etib kelayotgan fuqarolarga kommunal xizmatlar uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha kompensatsiya pul toʻlovlarini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” telegram kanali xabar berdi.
Nizomga koʻra, 2021-yil 1-martdan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatida faol ishtirok etib kelayotgan fuqarolarga kommunal xizmatlar uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha BHMning 50 foizi (122 ming 500 soʻm) miqdorida har oyda kompensatsiya pul toʻlovlari toʻlanishi belgilandi.
Bunda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatida faol ishtirok etayotgan koʻchaboshi va uyboshilar faoliyati samaradorligi bir qator asosiy koʻrsatkichlar orqali baholanadi.
Shuningdek, mazkur shaxslar faoliyatini baholashda ular biriktirilgan koʻcha yoki uyda kamida 3 oy davomida faoliyat koʻrsatganligi inobatga olinadi va mezonlardan kelib chiqqan holda 70 balldan yuqori ball toʻplagan taqdirda toʻlanadi.
Kompensatsiya pul toʻlovlari toʻlanishi koʻchaboshi va uyboshilar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatida faol ishtirok etmasa muddatidan oldin toʻxtatiladi.
Mazkur kompensatsiya pul toʻlovlari mahalliy byudjetlarning qoʻshimcha manbalari hisobidan Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining tuman (shahar) boʻlimlari orqali amalga oshiriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring