Aylanma yoʻllardan olib oʻtilgan tamaki mahsulotlari qoʻlga olindi
Foto: “Xalq soʻzi”
Namanganda kontrabanda yoʻli bilan keltirilgan yirik miqdordagi tamaki mahsulotlari qoʻlga olindi. Ular viloyat bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi hamda IIB, Milliy gvardiya, DXX bilan hamkorlikda Chust tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida aniqlandi.
“Namangan-Chust” yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan Oʻzbekiston fuqarosi boshqaruvida boʻlgan “Nexia-2” rusumli avtotransport vositasi Chust tumani Zarafshon MFYda toʻxtatilib, xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda uning salonidan xorijda ishlab chiqarilgan, muqaddam bojxona nazorati oʻrnatilmagan aylanma yoʻllar orqali olib kirilgan, aksiz marka bilan markalanmagan umumiy qiymati 112 million 500 ming soʻmlik 7500 quti “Milano” tamaki mahsulotlari chiqdi.
Tezkor tadbir davom ettirilib, Yangi Namangan tumanida yashovchi fuqaroning yashash xonadoni belgilangan tartibda koʻzdan kechirildi. Ayni jarayonda xonadon yertoʻlasida xorijda ishlab chiqarilgan, muqaddam bojxona nazorati oʻrnatilmagan aylanma yoʻllar orqali olib oʻtilgan, aksiz marka bilan markalanmagan umumiy qiymati 123 million 150 ming soʻmlik 13 turdagi (“Milano”, “ESSE”, “Астра”...) 8210 dona tamaki mahsulotlari topiladi.
Har ikki holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring