“AirPods”ga yangi funksiyalar qoʻshiladi
“Apple” “AirPods” simsiz quloqchinlariga foydalanuvchilarning jismoniy koʻrsatkichlarini kuzatish funksiyasini qoʻshmoqchi. Bu haqda “Bloomberg” xabar bergan.
Kompaniya “AirPods”ning yangi versiyalariga tana harorati, yurak urishi va boshqa salomatlik bilan bogʻliq funksiyalarni qoʻshmoqchi.
Nashr maʼlumotlariga koʻra, yaqin yillarda “Apple Watch”ning koʻplab funksiyalari “AirPods”ga bosqichma-bosqich koʻchiriladi.
Bundan tashqari, kompaniya “AirPods”ga kamera qoʻshish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Bu turdagi kamerali mahsulotlar ikki yildan soʻng ishlab chiqarilishi mumkin.
Agar ular ishlab chiqarilsa, quloqchinlar infraqizil kameraga ega boʻlib, “Vision Pro” va boshqa eshitish vositalari bilan integratsiya qilinadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring