Aholisi soni eng kam boʻlgan tuman va shaharlar maʼlum qilindi
Foto: “Xalq soʻzi”
2026-yilning 1-yanvar holatiga Oʻzbekistonning doimiy aholisi soni 38 236 704 kishini tashkil etgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Aholisi soni eng kam boʻlgan tuman-shaharlar roʻyxatida Gʻozgʻon shahri yetakchilik qilmoqda. Hududda 9,5 ming nafar aholi istiqomat qilmoqda. Undan keyingi oʻrinlarda 15,2 ming nafar fuqaro bilan Tomdi tumani ikkinchi pogʻonada, 19,4 ming nafar aholi bilan Shirin shahri kuchli uchlikda qayd etilgan.
Shuningdek, Qorovulbozor tumanida 20,7 ming nafar, Boʻzatov tumanida 21,8 ming nafar, Yangiobod tumanida 30,5 ming nafar, Moʻynoq tumanida 34,1 ming nafar, Konimex tumanida 36,9 ming nafar, Taxtakoʻpir tumanida 38,9 ming nafar hamda Uchquduq tumanida 39,9 ming nafar fuqaro roʻyxatga olingan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring