Aholining minimal isteʼmol xarajatlari qiymatini hisoblash tartibi belgilandi
“Minimal isteʼmol xarajatlari qiymatini hisoblash tartibini amaliyotga joriy etish toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi
Qarorga koʻra, minimal isteʼmol xarajatlari koʻrsatkichidan kambagʻallik mezoni (yoki chegarasi) sifatida foydalaniladi.
2022-yildan boshlab “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali oilani kam taʼminlangan deb eʼtirof etish jarayonida qoʻllaniladigan va jon boshiga toʻgʻri keladigan bir oylik daromad mezoni minimal isteʼmol xarajatlariga tenglashtiriladi.
Har yili avgust oyigacha minimal isteʼmol xarajatlari qiymatining prognoz parametrlari inflyatsiya kutilmalaridan kelib chiqib hisoblanadi.
Minimal isteʼmol xarajatlari va kambagʻallik darajasi har yilgi hisobot yilida inflyatsiya darajasidan kelib chiqib, keyingi yilning 20-yanvariga qadar eʼlon qilib boriladi.
Minimal isteʼmol xarajatlari tarkibi kamida har 5 yilda qayta koʻrib chiqiladi.
Qaror bilan Aholining minimal isteʼmol xarajatlari qiymati va kambagʻallik chegarasini hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring