Aholining ehtiyojmand qatlamiga davlat xizmati koʻrsatish ahvoli qanday?

00:46 04 Noyabr 2021 Jamiyat
835 0

Foto: Халқ сўзи

Termiz shahrida Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi delegatsiyasi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, Tashqi ishlar, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirliklari hamda viloyat hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan seminar-treningda ayni shu savolga javob izlandi. Unda mahalliy hokimlik, ijtimoiy xizmatlar boshqarmalari, bolalarni himoya qilish xizmatlari, mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ayollar, yoshlar, nogironlar va aholining boshqa ehtiyojmand qatlamlari bilan ishlaydigan tashkilotlar vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Seminar-treningda ayollar va aholining boshqa zaif qatlamlari uchun davlat xizmatlaridan foydalanishni taʼminlashda koʻp tarmoqli uygʻunlashgan yondashuv, ayollar maslahat guruhining samarali ishlashi va DXA hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar hamkorligi masalalariga alohida urgʻu berildi.

Tadbirda keyingi yillarda Oʻzbekistonda yuridik va jismoniy shaxslar murojaatlari bilan ishlashning mustahkam qonunchilik asoslari va yangi, zamonaviy mexanizmi yaratilgani eʼtirof etildi. “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi lozim” degan hayotiy tamoyil izchil amalga oshirilib, davlat xizmatlari koʻrsatishning ilgʻor amaliyotlari joriy etilgani odamlarning uzogʻini yaqin, ogʻirini yengil qilishda muhim ahamiyat kasb etayotir. Jumladan, birgina Surxondaryo viloyatining shahar va tumanlarida 15 ta davlat xizmatlari markazi va chekka hududlarda oʻnta mazrkaz filiali ish olib borayotir.

Tadbir doirasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi tomonidan alohida hudud sifatida tanlangan Bandixon tumani Davlat xizmatlari markazining tantanali ochilish marosimi oʻtkazildi. Loyihaning moliyaviy koʻmagida mazkur DXM zarur mebel, kompyuter texnikalari bilan jihozlandi. Mehmonlar bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Xizmat koʻrsatish sifatini yanada yaxshilash boʻyicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

Ilhom RAHMATOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер