Aholini tinchini buzayotgan muammo hal etildimi?
Samarqand viloyati Samarqand tumani Mironqul mahalla fuqarolar yigʻini hududida faoliyat yuritayotgan “NEW TECH” va “MIRONQUL CARBONAT CALSYUM” masʼuliyati cheklangan jamiyatlari (MCHJ), portlatish ishlarini amalga oshirishda muayyan qoidalarga rioya qilmay faoliyat koʻrsatayotgani, qishloq aholisining tinchligini buzayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabar tarqalgan edi.

Joriy yilning 2-noyabr kuni Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi Samarqand hududiy boshqarmasi boshligʻi Z.R.Sharapov, bosh mutaxassislari M.A.Shodmanov va A.N.Pirnazarovlar tomonidan Mironqul MFY fuqarolarining “MIRONQUL CARBONAT CALSYUM” MCHJ va “NEW TECH” MCHJ korxonalaridagi portlatish ishlaridan shikoyatlarini oʻrganish maqsadida, mahalliy aholi hamda korxona vakillari ishtirokida muloqot tashkillashtirildi.
Mironqul MFY raisi M.Sultonov, korxonalarning ish faoliyatiga nisbatan eʼtiroz yoʻqligini bildirdi. Korxona vakillari hamda aholi oʻrtasida kelishuvga erishilgani, unga koʻra 22 ta oilaga 6 million soʻmdan moddiy yordam tarqatilgani aytib oʻtildi.
“MIRONQUL CARBONAT CALSYUM” MCHJ mutaxassisi A.Xamrayev, mahalla raisi va aholi ogohlantirilganidan soʻng karyerni portlatish amalga oshirilishi, bu borada xavfsiz tizimi joriy etilganligini bildirdi.

Mahalliy aholi esa, portlatish chogʻida vujudga keladigan shovqin va chang koʻtarilishini kamaytirish yuzasidan chora-tadbir koʻrilishini talab qildi.
Ochiq muloqot soʻngida Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi Samarqand hududiy boshqarmasi boshligʻi Z.R.Sharapov Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi vakolatlarini eslatib oʻtib, mazkur korxonalarda sanoat xavfsizligi va mehnat muhofazasining taʼminlashi yuzasidan doimiy nazoratga olinishini bildirdi.
Portlatish jarayonida portlovchi modda miqdorini hisobga olgan holda, atrof muhitga va aholiga taʼsirini kamaytirish, ogohlantiruvchi belgilarni tashkil etish lozimligini maʼlum qildi" deyiladi qoʻmita matbuot xizmati xabarida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring