Aholi va iqtisodiyot tarmoqlari energiya resurslari bilan barqaror taʼminlanadi
“Navoiy viloyatida quvvati 300 MVt (600 MVt soat) boʻlgan elektr energiyasini saqlash tizimini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Prezident qarori (PQ–379-son, 17.12.2025-y.) qabul qilindi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali maʼlum qildi.
Bildirilishicha, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va “Abu Dhabi Future Energy Company PJSC — Masdar” (BAA) kompaniyasi (Investor) oʻrtasida “Navoiy viloyatida quvvati 300 MVt (600 MVt soat) boʻlgan elektr energiyasini saqlash tizimini qurish” investitsiya loyihasi doirasida investitsiya shartnomasi imzolangan.
Qarorga koʻra, Investor oʻz huquq va majburiyatlaridan oʻzi tomonidan tashkil etiladigan Loyiha kompaniyasi foydasiga voz kechadi.
Loyiha kompaniyasi oʻz zimmasiga elektr energiyasini saqlash tizimi foydalanishga kafolatlangan tarzda tayyor turishini taʼminlash majburiyatini oladi
Loyiha kompaniyasi Loyiha doirasida elektr energiyasini saqlash tizimini yagona elektr energiyasi tarmogʻiga ulash uchun elektr uzatish tarmoqlari va podstansiya quradi hamda ishga tushirilgandan soʻng ularni “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga topshiradi.
Bunda Loyiha kompaniyasining elektr uzatish tarmoqlari va podstansiya qurish uchun sarflagan xarajatlari elektr energiyasining tarifi tarkibida koʻzda tutiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring