Aholi uchun arzon va samarali loyihalar

19:24 03 Oktyabr 2020 Jamiyat
932 0

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmatining xabariga koʻra, elektr uskunalari va qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha samarali yangi loyihalar ish boshlaydi.

Bugun viloyat hokimi Rustam Xolmatovning “Toshkent hududiy elektr tarmoqlari” AJ korxonasi Bosh direktori Nilufar Batirova hamda “LUMIDEA ENGINEERING” direktori Esref Ozahin bilan boʻlib oʻtgan suhbati shu mavzuga bagʻishlandi. Ilgʻor texnologiyalarni oʻzida mujassamlashtirgan zamonaviy kabel va qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha ushbu hamkorlik loyihalaridan yuqori samaradorlik kutilmoqda.

Ular natijasida hudud aholisi uchun yangi ish oʻrinlari yaratilib, arzon asfalt va beton mahsulotlari ishlab chiqarishda bir qator qulayliklari yuzaga keladi. Izolyator va travers tayyorlashga moʻljallangan sex loyihasi boʻyicha yiliga 150 000 dona izolyator va 12 ming dona trayvers ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. 3,0 million AQSH dollari miqdoridagi beton mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasida esa, yillik ishlab chiqarish hajmi 200 ming kub metrni tashkil etadi.

Shodiyor MUTAHAROV
(“Xalq soʻzi”).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер