Aholi murojaatlari oʻrganildi

11:10 07 Avgust 2024 Jamiyat
236 0

Andijon viloyatida Biznes-Ombudsman devoni xodimlari tomonidan tadbirkorlarni qiynab kelayotgan masalalar oʻrganildi. Tibbiyot sohasi vakillari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuv kutilganidan ham samaraliroq boʻldi. Unda tadbirkorlik faoliyati uchun manfaatli takliflar bildirildi.

— 2023-yilda klinikamizga 2 ming 321 nafar xorijiy fuqarolarni davolashga qabul qildik, — deydi “Sogʻlom turmush” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Shukurillo Jalilov. — Natijada turistik mehmonxona yigʻimi uchun 75 mln soʻm toʻlov qabul qilindi. Joriy yilda bu koʻrsatkich 35 mln soʻmdan ortdi. Xususiy tibbiyot muassasalariga joylashtirilgan xorijiy fuqarolardan ular yashagan har bir kun uchun toʻlangan turistik mehmonxona yigʻimini oʻzlarining ixtiyorida yangi tibbiy uskunalar sotib olish uchun maqsadli sarflash sharti bilan qoldirilsa tibbiyot sohasidagi tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish imkoni vujudga kelgan boʻlardi. Bu orqali aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish sifati yaxshilanibgina qolmasdan, tibbiy turizm salohiyati ham ortgan boʻlardi.

Aytish joiz, viloyatda 778 ta xususiy tibbiyot muassasalari mavjud boʻlib, shundan 564 tasi ambulator va 214 tasi statsionar davolash muassasalari hisoblanadi. Oʻtgan 2023-yilda xususiy tibbiyot muassasalarida 5 ming 298 nafar xorijiy fuqarolarga xizmat koʻrsatilgan boʻlib, buning natijasida 195 mln soʻm mehmonxona yigʻimlari jamlangan.

Bunday uchrashuvlar joylarda davom etmoqda. Ularda turli soha vakillarining murojaatlari jamlanib, mavjud muammolar oʻrganilmoqda.

Murodjon HOSHIMOV,

biznes Ombudsman devonining

viloyatdagi shoʻbasi bosh inspektori.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер