Agrosanoat majmuasi va enoturizm markazi barpo etilmoqda

14:12 12 Mart 2026 Jamiyat
280 0

“Buxoro agrostar” hamda “Gala – River” masʼuliyati cheklangan jamiyatlari negizida tashkil etilgan “Oʻlmas Gold” korxonasi tomonidan zamon talablariga mos agrosanoat majmuasi va enoturizm markazi barpo etilyapti.

Buxoro tumanida amalga oshirilayotgan bu loyihaning qiymati 20,5 milliard soʻm deb baholanmoqda. Koʻzda tutilgan yumushlar ado etilgach, bu yerda yiliga 5 ming tonna uzum sharbati va 250 mingta plastik quti ishlab chiqarish quvvati yuzaga keladi. Shuningdek, 600 tonna sigʻimga ega sovutgichli ombor quriladi. Etnoturizm markazida esa yiliga 40 mingdan ziyod sayyohga xizmat koʻrsatish imkoniyati yaratiladi. Shu maqsadda xorijdan zarur dastgoh va uskunalar xarid qilish taraddudi koʻrilmoqda. Bugina emas, tomorqa egalarini dehqonchilik madaniyati yoʻnalishida oʻqitish va ular bilan mahsulot yetkazib berish boʻyicha shartnomalar tuzilyapti. Bundan tashqari, 7 gektar maydonda innovatsion tokzor barpo qilinadi. U namunaviy bogʻ vazifasini oʻtaydi. Tomorqa yer egalariga turli xizmatlar koʻrsatish ham rejalashtirilgan.

Aytish oʻrinliki, xalq tilida “22-sovxoz” nomi bilan yaxshi tanish bu hududda mazkur yirik loyihaning amalga oshirilayotgani bejiz emas. Ushbu manzil aholisi azal – azaldan uzum yetishtirish hadisini olgan. Qolaversa ,bu yerda 2005-yilda oʻz faoliyatini boshlagan “Gala – River” korxonasi uzumni qayta ishlash ga ixtisoslashgan. U tozalangan uzum sharbati (shinnisi) ni xorijga eksport qilish borasida ham muayyan tajribaga ega.

Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер