Agrar sohada yuqori qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish loyihalariga 2023-yilda 1 milliard dollar ajratiladi
Foto: president.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Qishloq xoʻjaligida islohotlar qatʼiy davom ettiriladi.
Shu yilning oʻzida 100 ming gektar ekin yerini aholiga dehqonchilik qilish uchun boʻlib berildi. Buning hisobidan 1,5 million tonna qoʻshimcha oziq-ovqat yetishtirildi. Eng asosiysi, qishloqlarda 400 mingta yangi dehqon xoʻjaligi tashkil qilindi, 1 million 200 mingdan ziyod odamlarimiz band boʻlib, daromad olayapti.
Shu bois, 2023-yilda ham suv taʼminoti yaxshi 100 ming gektar qoʻshimcha ekin maydonlari aholiga ajratiladi.
Kooperatsiya faol qoʻllab-quvvatlanadi, kichik va oʻrta quvvatli saqlash, saralash va qayta ishlash infratuzilmasi rivojlantiriladi.
Umuman, agrar sohada yuqori qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish loyihalariga 2023-yilda 1 milliard dollar ajratiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring