Agentlikka yangi rahbar tayinlandi
Illyustrativ foto
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Otabek Sadikovich Mustafayev Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi direktori etib tayinlandi. Bu haqda Oʻzbekiston Adliya vazirligining “Telegramm” ijtimoiy tarmogʻidagi https://t.me/huquqiyaxborot rasmiy kanalida maʼlum qilindi.
Eslatib oʻtamiz, Agentlikning asosiy vazifasi uzumchilik va vinochilik sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, sohani rivojlantirishga yoʻnaltirilgan kompleks maqsadli dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishdan iboratdir.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring