Agar viloyat hokimlari 200 dan ziyod farmatsevtika korxonalari bilan uchrashib, masalani ichiga kirganida edi, koʻp muammolar joyida hal boʻlardi — Prezident

19:37 12 Aprel 2022 Siyosat
756 0

Foto: president.uz

Prezident huzurida farmatsevtika sohasini rivojlantirish boʻyicha yigʻilish oʻtkazilmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Yigʻilishda aholini sifatli dori vositalari bilan taʼminlash boʻyicha tegishli vazirlik va idoralarning saʼy-harakatlarini birlashtirish lozimligi taʼkidlandi.

Bu faqat Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining ishi emasligi, balki:

— Sogʻliqni saqlash vazirligi talabni shakllantirishi va sifatli mahalliy dorilarni qidirib topishi;

— Moliya vazirligi kafolatli davlat xaridlarini joriy qilib, mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirokini kengaytirishi;

— Investitsiya va tashqi savdo vazirligi yaratilayotgan keng imkoniyatlardan foydalanib, loyihalarni koʻpaytirishi zarurligi koʻrsatib oʻtildi.

«Agar viloyat hokimlari 200 dan ziyod farmatsevtika korxonalari bilan uchrashib, masalani ichiga kirganida edi, koʻp muammolar joyida hal boʻlardi», dedi Prezidentimiz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер