“Afrosiyob” zamonaviy poyezdining reysi yana bittaga koʻpayadi

15:16 11 Noyabr 2020 Iqtisodiyot
1250 0

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan yoʻlovchilarning zamonaviy poyezdlarga boʻlgan talabini toʻla qondirish maqsadida, Toshkent – Samarqand – Toshkent yoʻnalishida harakatini amalga oshirayotgan 764/763-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdining reysi yana bittaga koʻpaytirilmoqda. Hozirgi kunga qadar haftada 2 marotaba (shanba va yakshanba kunlari) harakatini amalga oshirayotgan mazkur zamonaviy poyezd, 2020-yil 13-noyabrdan boshlab, haftada 3 marotaba (juma, shanba va yakshanba kunlari) yoʻlovchilarning uzogʻini yaqin qiladi. Bundan tashqari, mazkur poyezdning ushbu sanadan boshlab Jizzax vokzalida ham toʻxtab oʻtishi yoʻlga qoʻyiladi.

«Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi» AJning maʼlum qilishicha, chiptalarni elektron tarzda ham bemalol xarid qilish mumkin. Qoʻshimcha maʼlumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yoʻl kassalari hamda maʼlumotlar byurosidan bilib olish mumkin. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер