“Afrosiyob” tezyurar poyezdi endi Zomin tumanida ham toʻxtaydi

15:45 19 Oktyabr 2022 Jamiyat
1040 0

Foto: Turizm va madaniy meros vazirligi

2022-yilning 17-oktyabr kuni 764/763 sonli Toshkent – Samarqand – Toshkent yoʻnalishidagi yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” tezyurar poyezdi ilk marta Jizzax viloyatining Zomin tumanidagi Dashtobod bekatida toʻxtadi.

Mahalliy sayyohlardan iborat guruhni olib kelgan poyezdni ramziy kutib olish marosimida viloyat hokimi oʻrinbosari S.Rahmonqulov, tuman hokim oʻrinbosari S.Anvarov, Zomin tumani prokurori, Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, mahalla faollari va yoshlar ishtirok etdi.

Mahalliy sayyohlar Dashtobod shahar madaniyat markazi va yoshlardan iborat jamoa tomonidan bayramona kuy va qoʻshiqlar bilan kutib olindi.

Shundan soʻng, sayyohlar maxsus transport vositasida tuman boʻylab sayohatga olib ketildi.

Maʼlumot uchun, “Afrosiyob” tezyurar poyezdining Dashtobod bekatida toʻxtab oʻtishi boʻyicha harakat jadvali quyidagicha:

764-sonli poyezd Toshkent 8:25 — Dashtobod 9:32-09:34 — Samarqand 10:38
763-sonli poyezd Samarqand 16:11 — Dashtobod 17:14-17:16 — Toshkent 18:25

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер