Afrika millatlar kubogi. Senegal va Marokash finalga yoʻl oldi
Kecha, 14-yanvar kuni Afrika millatlar kubogi musobaqasining yarim final oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Kun doirasidan oʻrin olgan dastlabki bahsda Senegal terma jamoasi Misr termasi bilan kuch sinashdi.
Uchrashuv 1:0 hisobida Senegalning gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda kiritilgan yagona golga Sadio Mane mualliflik qildi.
Ikkinchi yarim finalda esa musobaqa mezboni Marokash terma jamoasi Nigeriya bilan kuch sinashdi. Uchrashuvning asosiy va qoʻshimcha vaqtlari 0:0 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi. Penaltilar seriyasida esa maydon egalari 4:2 hisobida gʻalaba qozondi.
Shu tariqa musobaqaning asosiy qismi yakunga yetdi. Turnirning uchinchi oʻrini uchun tashkil etiladigan bahs 17-yanvarda, final oʻyini esa 18-yanvarda boʻlib oʻtadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring