Afgʻonistonning sobiq aloqa vaziri Germaniyada pissa yetkazib beruvchi boʻlib ishga joylashdi
Foto: facebook.com/sassadaat
Afgʻonistonning sobiq aloqa va axborot texnologiyalari vaziri Sayid Ahmad Saodat Germaniyaning Leypsig shahrida pissa yetkazib beruvchi boʻlib ishga joylashgan.
Manbaga koʻra, Sayid Ahmad Saodat 2020-yilda Afgʻonistondan Germaniyaga koʻchib ketgan.
Saodat 2018-yildan, prezident Ashraf Gʻani boshqaruvi paytida Vazirlar Mahkamasida ishlagan. U vazir sifatida qishloq joylarda uyali aloqa tarmoqlarini kengaytirishga bosh-qosh boʻlgan. 2020-yilda u oʻz vazirligiga ajratilgan mablagʻni hukumat tomonidan “Tolibon”ga qarshi kurash strategiyasiga oʻtkazilishiga qarshi chiqqani uchun isteʼfoga chiqishga majbur boʻlgan.
Sobiq vazir Germaniyaga koʻchib kelganidan soʻng tez orada mablagʻi tugab qolgan. Shu bois u "Lieferando" oshxonasining pissa yetkazib berish xizmatiga ishga joylashdi. Saodat bu ish vaqtinchalik ekaniga va tez orada oʻz mutaxassisligi boʻyicha ish topishiga umid qilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring