Afgʻonistonda shaxmat oʻynash rasman taqiqlandi
Illyustrativ foto
Afgʻoniston hukumati mamlakatda shaxmat sport turini rasman taqiqladi va mamlakat shaxmat federatsiyasini yopishga qaror qildi.
Shu mazmundagi farmon Afgʻoniston amiri tomonidan imzolangan boʻlib, tashabbus Ezgu ishlarni targʻib qilish va yovuzlikning oldini olish vazirligi tomonidan ilgari surilgan.
Tolibon rasmiylari shaxmatni tasodiflarga asoslangan va islom diniga toʻgʻri kelmaydi deb hisoblagan.
Taʼkidlash joiz, soʻnggi yillarda shaxmat Afgʻonistonda ommalashib, yoshlar orasida keng tarqalgan va bir nechta iqtidorli sportchilar xalqaro turnirlarda ishtirok etishga ham ulgurgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring