Afgʻonistonda ota oilasini ochlikdan qutqarish uchun 4 yoshli qizini sotishga majbur boʻldi

19:19 10 Sentyabr 2021 Dunyo
1196 0

Afgʻonistonda yashovchi Mir Nazir 7 nafardan iborat oilasini ochlikdan qutqarish uchun 4 yoshli qizini 590 dollarga sotishga majbur boʻldi.

Mir Nozir bu haqida “Times” gazetasiga bergan intervyusida aytib oʻtgan.

Uning soʻzlariga qaraganda, farzandsizlikdan qiynalgan bir doʻkon egasi unga 20 ming afgʻon puli (taxminan 236 dollar) evaziga qizi Safiyani sotib olishni va oʻziga doʻkonida ishlashni taklif qilgan. Biroq Nozir bolani bunchalik arzon narxda sotishga rozi boʻlmagan.

Natijada, doʻkondor 4 yoshli Safiya uchun 50 ming afgʻon puli (taxminan 590 dollar) toʻlashni taklif qilgan.

Mir Nozir “Tolibon”lar poytaxtni egallashidan oldin rafiqasi va besh farzandi bilan Kobulga koʻchib oʻtgan sobiq politsiyachidir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер