Afgʻonistonda ikkita terrorchilar tashkilotining mavjudligi saqlanib turibdi — AQSH
Foto: AP
Afgʻonistonda ikkita terrorchilar tashkiloti — “Iroq va Shom Islom davlati” (ISHID) va «Al-Qoida»ning mavjudligi saqlanib qolmoqda.
Bu haqda Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbi aytib oʻtdi. Uning qoʻshimcha qilishicha, jangarilarning aniq soni AQSHga nomaʼlum.
Shuningdek, Pentagon vakili Afgʻonistonda amerikaliklarga nisbatan zoʻravonlik sodir etilayotgani haqidagi xabarlardan xavotirda ekanini bildirgan. Uning taʼkidlashicha, AQSH “Tolibon”ga bunday harakatlar qabul qilinmasligini maʼlum qilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring