Afgʻoniston havo kuchlariga tegishli samolyotning Surxondaryoda qulab tushgani tasdiqlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Afgʻoniston havo kuchlariga tegishli samolyotning Surxondaryoda qulab tushganini tasdiqladi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamentidan maʼlum qilinishicha, davlat chegarasini noqonuniy kesib oʻtishga urinishning oldi olingan. Hozirgi paytda vakolatli idoralar tomonidan ushbu holat boʻyicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Surishtiruv natijalari boʻyicha qoʻshimcha axborot berilishi maʼlum qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring