Afgʻoniston elektr energiyasi yetkazib bergan qoʻshni davlatlardan qariyb 62 million dollar qarzdor boʻlib qolgan — OAV

22:42 04 Oktyabr 2021 Dunyo
1449 0

Illyustrativ foto

Afgʻoniston elektr energiyasi yetkazib bergan qoʻshni davlatlardan qariyb 62 million dollar qarzdor boʻlib qolgan. 

Bu haqda “TOLO News“ telekanali Afgʻonistonning ”DABS” energetika korporatsiyasiga tayanib xabar berdi.

Qayd etilishicha, korporatsiya elektr energiyasini sotib olayotgan qoʻshni mamlakatlar — Oʻzbekiston, Tojikiston, Turkmaniston va Eronga qarzni toʻlashni vaʼda qilib, elektr energiyasini oʻchirmaslikni soʻragan.

"DABS“, shuningdek, BMTning Afgʻonistondagi yordam missiyasiga murojaat qilib, qarzlarni bartaraf etishda yordam soʻragan. Agar BMT koʻmak berishdan bosh tortsa, kompaniya elektr energiyasidan qarzdor afgʻonlarga bosim oʻtkazishga majbur boʻladi», deyiladi manbada.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер