AESning foydalanishga topshirilishi yiliga 3-3,5 mlrd. kub metr gazni tejash imkonini beradi.
Kecha “Oʻzatom“ agentligida atom texnologiyalari boʻyicha axborot agentligi negizida tanishuv seminari tashkil qilindi.
Tadbirda xorijiy va mahalliy OAV vakillari, shuningdek, “Oʻzatom” agentligi, “UzGASHKLITI” AJ, Davlat ekologiya qoʻmitasi, Seysmologiya instituti va boshqa tegishli tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislari ishtirok etdi.

Ushbu seminar Oʻzbekiston Respublikasi aholisini, shuningdek, barcha manfaatdor shaxslarni ommaviy axborot vositalarda materiallarni chop etish orqali zamonaviy yadro-energetika texnologiyalari, ularning xavfsizligi va ekologik sofligi haqida xabardor qilish boʻyicha tizimli ishlarning bir qismi hisoblanadi.
“Oʻzatom” agentligi rahbari tomonidan Oʻzbekistonda birinchi atom elektr stansiyasi qurilishi loyihasi taqdim qilindi.

Shuningdek, seminar davomida hozirgi paytda AESni joylashtirish boʻyicha ustuvor maydonchada olib borilayotgan muhandislik-qidiruv ishlarining taqdimotlari boʻlib oʻtdi. Unda tanlangan maydonchaning oʻziga xos xususiyatlari eʼtiborga olingan holda texnologiyalar tanlanadi. Bu haqda “UzGASHKLITI” AJ, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti, “OʻzLITI Injiniring” AJ QK, “Atomstroyeksport” AJ rahbarlari va mutaxassislari soʻzlab berdi va jurnalistlarning savollariga javob berdi.
Ushbu seminar OAV vakillariga mavzu boʻyicha barcha oʻzlarini qiziqtirgan maʼlumotlar bilan tanishish, ishtirok etayotgan mutaxassislardan intervyu olish imkonini beradi.

Mutaxassislar shuni taʼkidladiki, Oʻzbekistonning elektr energiyaga boʻlgan talabi oshib borayotganini hisobga olib, mamlakatimiz energiya balansiga atom energetikasining kiritilishi tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu, avvalo, mamlakatimizda 80 foiz elektr energiya ishlab chiqarilishini taʼminlovchi koʻplab zamonaviy issiqlik elektr stansiyalariga sarflanayotgan tabiiy gazni tejash imkonini beradi. Gaz zaxiralarining kamayishi, uni qazishga sarflanayotgan xarajatlarning ortayotganligi elektr energiya tannarxini oshiradi. Ayni paytda atom energetikasi narxga oid barqarorlikni taʼminlaydi va bu iqtisodiyot uchun muhimdir.
AESning foydalanishga topshirilishi yiliga 2,4 GVT elektr energiyasini olish, demak, 3-3,5 mlrd. kub metr gazni tejash imkonini beradi.

Atom energetikasining mamlakatimizni elektr energiyasi bilan taʼminlash jarayoniga kiritish tobora koʻpayib borayotgan aholini elektr energiya bilan barqaror taʼminlashga qaratilgan. Bugungi kunda Oʻzbekistonning elektr energiyaga boʻlgan ehtiyoji 69 mlrd. kVt/s ni tashkil etadi. Mamlakatimizda esa 64 mlrd. kVt/s elektr energiyaga teng. Bunday surʼatda hisob-kitoblarga koʻra, 10 yildan soʻng mamlakatimiz ehtiyoji 117 mlrd. kVt/s ga yetadi yoki ikki baravar ortadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring