Aeroportga ishga joylashtirish evaziga 1,5 ming dollar olgan xodim ushlandi
Foto: DXX
Toshkent viloyati huquq-tartibot organlari tomonidan Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportda firibgarlik holati fosh etildi. Bu haqda “Xavfsizlik” kanalida maʼlum qilindi.
Qayd etilishicha, aeroport xodimi R.M. fuqarolarni ishga joylashtirishini aytib, 1,5 ming dollar pora olayotganda qoʻlga tushgan.
Ayni paytda gumonlanuvchi qamoqqa olinib, unga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan.
Endilikda jabrlanuvchi ham nima uchun bunday yoʻlni tanlaganini sudga tushuntirib berishi kerak boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring