Adliya yordami bilan 126 nafar xodimning 3 milliarddan ortiq pullari toʻlanadigan boʻldi
Foto: Adliya vazirligi
Urgut tuman adliya boʻlimi tomonidan Urgut tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimida veterinariya xizmati xodimlarining huquqlariga rioya etilishi holati boʻyicha monitoring oʻtkazilganda bir qator qonunbuzilishi holatlariga yoʻl qoʻyilganligi oʻz tasdigʻini topdi.
Xususan, boʻlimda faoliyat olib boruvchi 124 nafar davlat veterinariya xizmati xodimlariga oylik ish haqining bir baravari miqdorida toʻlanishi lozim boʻlgan jami 1 504 589 046 soʻm, bundan tashqari, 123 nafar xodimga 2020, 2021 va 2022-yillar mobaynida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sotib olish uchun har yili bir marta toʻlanishi lozim 1 005 966 063 soʻm mablagʻlar toʻlanmaganligi maʼlum boʻldi.
Oʻrganishlar davomida boʻlim hozirga qadar jami 3 055 216 639 soʻmlik ustamalar va ragʻbatlantirish pullarini toʻlamasdan qonunchilik talablarini buzib kelayotganligi aniqlanib, Urgut tuman adliya boʻlimi tomonidan ushbu toʻlovlarni toʻlab berish boʻyicha Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimiga taqdimnoma kiritildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring