Adliya vaziriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
Aktam Zayniddinovich Muxammadiyev Prezident qaroriga muvofiq adliya vazirining oʻrinbosari etib tayinlandi.
A. Muxammadiyev 1977-yilda Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, 1999-yilda Toshkent davlat yuridik instituti bakalavriat, 2001-yilda magistratura bosqichini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.
A. Muxammadiyev oʻz mehnat faoliyatini 2001-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yetakchi maslahatchisi lavozimidan boshlab, vazirlikning turli masʼul lavozimlarida ishlagan.
U 2017-yildan bugungi kunga qadar Toshkent viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring