Adliya vaziri SHHTga aʼzo davlatlar adliya vazirlarining majlisida ishtirok etdi
Joriy yilning 5-sentyabr kuni Xitoyning Shanxay shahrida Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga (SHHT) aʼzo davlatlar adliya vazirlarining navbatdagi – oʻninchi majlisi hamda Yuridik xizmatlar boʻyicha xalqaro forum boʻlib oʻtdi.
Mazkur tadbirda adliya vaziri A. Toshqulov boshchiligida Oʻzbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etdi.
Tadbirda SHHTga aʼzo davlatlar adliya vazirlari yigʻilishi tashkil qilinganidan buyon 10 yil davomida erishilgan natijalar va chaqiriqlar muhokama qilindi, shuningdek, keyingi oʻn yillikda adliya sohasida koʻp tomonlama hamkorlikni mustahkamlash vazifalari koʻrib chiqildi.
Maʼlumot uchun: Oʻzbekiston delegatsiyasi SHHTning mazkur tadbirlarida muntazam ravishda ishtirok etib keladi, xususan, 2022-yilning 9-dekabrida Pokiston Islom Respublikasi Adliya vazirligi raisligida, 2021-yilning 6-avgustida Tojikiston Respublikasi Adliya vazirligi raisligida,
2020-yilning 16-oktyabrida Hindiston huquq va adliya vazirligi raisligida videokonferensaloqa shaklida boʻlib oʻtgan majlisda hamda 2018-yilning 24-avgustida Choʻlpon-Ota shahrida Qirgʻiziston Respublikasi Adliya vazirligi raisligida oʻtkazilgan – oltinchi majlisida, shuningdek, ularning doirasida oʻtkazilgan ekspertlar guruhining yigʻilishlarida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi delegatsiyasi ishtirok etgan.
Navbatdagi SHHTga aʼzo davlatlar adliya vazirlarining oʻninchi majlisida SHHTga aʼzo davlatlar Adliya vazirliklari faoliyatidagi yangi oʻzgarishlar, SHHTga aʼzo davlatlar Adliya vazirliklari oʻrtasida hamkorlik istiqbollari muhoka qilindi.
Shuningdek, tadbirda SHHTga aʼzo davlatlar adliya vazirlarining navbatdagi yigʻilishini tashkillashtiruvchi davlat aniqlanib, keyingi tadbirning sanasi belgilandi.
Shuningdek, tadbirda Oʻzbekiston Respilikasi adliya vaziri A. Tashkulov mamlakatimiz huquq tizimidagi muhum oʻzgarishlar haqida maʼruza bilan chiqish qildi.
Tadbir yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tomonlarning umumiy kelishuvlarini aks ettiruvchi qoʻshma bayonot imzolandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring