Adashib qolgan fuqarolarga yordam koʻrsatildi

11:42 30 Iyun 2022 Jamiyat
570 0

Foto: FVV

Qumbelsoyda manzildan adashib qolgan besh nafar fuqaroga amaliy yordam koʻrsatildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.

Bugun, 30-iyun kuni soat 00:30 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining Tezkor boshqaruv markaziga besh nafar fuqaro Boʻstonliq tumanidagi togʻlarda yoʻldan adashib qolib, pastga tushib olishda yordam soʻrab murojaat qilgan.

Manzilda adashib qolgan besh nafar fuqarolarni izlab topish va ularni qutqarish Beldersoy togʻining Qumbelsoy hududida amalga oshirildi. Qidiruv-qutqaruv ishlariga Chimyon yongʻin-qutqaruv otryadining bir guruh qutqaruvchilari jalb qilindi.

Qutqaruvchilarning saʼy harakatlari natijasida yoʻldan adashgan besh nafar fuqarolar topilib, sogʻ-salomat pastga olib tushildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер