Abituriyentlarning maktabdagi baholari OTMga kirishda hisobga olinadi
2022/2023-yil oʻquv yilidan maktab bitiruvchilarining shahodatnomasidagi 11 yillik taʼlimning soʻnggi 6 yillik baholari OTMga kirishdagi balga qoʻshiladi.
Baholar elektron platformalar orqali hisoblanadi va DTMning “ABITUR” dasturiga yuboriladi.
Baholarning oʻrtacha koʻrsatgichi 6 — 11-sinflardagi yoki 6 — 9-sinflar va 1-2-bosqichlardagi yillik baholarning umumiy yigʻindisini oʻqitilgan fanlarga boʻlish orqali chiqariladi.
Maksimal ball 100 foiz deb olinadi va ballar baho tizimiga quyidagicha oʻtkaziladi:
— 86–100 % uchun – 5 baho;
— 71–85 % – 4 baho;
— 56–70 % – 3 baho va 56 % gacha – 2 baho.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring