Abituriyentlarni onlayn roʻyxatga olish muddatlari uzaytirildi
Foto: Arxiv surat
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 1-son bayoniga muvofiq, 2022-2023-oʻquv yili qabulida abituriyentlarni onlayn roʻyxatga olish muddatlari uzaytirildi.
Unga koʻra, 2022-2023-oʻquv yili qabulida abituriyentlarni onlayn roʻyxatga olish 2022-yil 27-iyulga qadar (27-iyul kuni ham) davom etadi.
Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkaziladigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga roʻyxatga olish esa 17-iyulga qadar (17-iyul kuni ham) amalga oshiriladi.
Mazkur muddat davomida abituriyentlar oʻz maʼlumotlarini oʻzgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega boʻladigan boʻlsa, sertifikat maʼlumotlarini tizimga kiritishlari mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring