Abdulla Aripovning maslahatchisi lavozimidan ozod qilindi
arxiv foto
Hukumatning 2020-yil 6-apreldagi qarori asosida Batir Asadillayevich Xodjayev Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimidan ozod qilindi.
Hujjatda keltirilishicha, bunga B.Xodjayevning pensiyaga chiqishi sabab boʻlgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring