Abdulaziz Komilov Turkmaniston prezidenti bilan uchrashdi

17:04 26 May 2021 Jamiyat
1204 0

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 26-may kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi.

TIV matbuot xizmatining xabar berishicha, Oʻzbekiston delegatsiyasi rahbari sifatida Ashxobod shahriga amaliy tashrif bilan kelgan Abdulaziz Komilov Gurbanguli Berdimuhamedov tomonidan qabul qilindi. Vazir unga Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy soʻzlari va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuvda oliy darajadagi tashriflar doirasida erishilgan kelishuvlarning ijrosi yuzasidan fikr almashilgan. Ikki tomonlama aloqalar va mintaqaviy hamkorlikka doir dolzarb masalalar koʻrib chiqilgan.

Savdo, investitsiyalar, sanoat kooperatsiyasi, transport, energetika, mashinasozlik, yengil sanoat va oziq-ovqat sanoati, qishloq va suv xoʻjaligi sohalarida mavjud salohiyatdan yana-da toʻliq foydalanish zarurligi taʼkidlangan.

Tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер