“Anhor-Lokomotiv” istirohat bog‘i chegirmalar taklif etmoqda
Joriy yilning 8 avgust kuni “Anhor-Lokomotiv” istirohat bog‘i ochilganining 2 yilligi munosabati bilan bir qator bayram tadbirlari o‘tkaziladi.
Xususan, shu kuni bog‘da bolajonlar uchun bepul 3000 dona muzqaymoqlar, sharlar tarqatiladi. Mehmonlarni mashhur multfilm qahramonlari kutib olishadi. Bayram kuni barcha attraksionlarga (Enter, LaserTag, Drive Cinema, Axelon attraksionlariga 50 foizli) chegirmalar beriladi.
Mehmonlarning dam olishlarini yanada maroqli o‘tkazish maqsadida “Anhor-Lokomotiv” istirohat bog‘i yonadigan girlyandalar bilan bayramona tarzda bezatiladi. Xohlovchilar karting markazi oldida joylashtirilgan katta stendda o‘z tilaklarini yozma ravishda bildirishlari mumkin.
Lotereya o‘yinlari o‘tkazilib, g‘oliblarga attraksionlardan bepul foydalanish imkoniyati beriladi. Bayram konserti ham o‘tkazilib, soat 22.00 da bayram salyuti otiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring