900 trln! MB banklararo toʻlov tizimi orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalar haqida maʼlumot berdi
Oʻzbekiston Respublikasi boʻylab banklararo toʻlov tizimi orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalar summasi 911 trln. soʻmni tashkil etib, bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 60 foizga oshgan.
Masofaviy bank xizmatlaridan foydalanuvchilar soni 16 mln. dan oshib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 5,8 mln. koʻproq mijozlar bank xizmatlaridan masofaviy foydalana boshladi.
Oʻrnatilgan bankomat va infokiosklar soni esa 12 217 tani tashkil etib, oʻtgan yilning 1-iyun holatiga nisbatan 1 370 taga yoki 13 foizga oshgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring