9 oyda mamlakatimizga davolanish maqsadida qancha chet el fuqarolari kelgan?
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-sentyabr oylarida jami 44,4 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.
Oʻzbekistonga 9 oyda davolanish maqsadida eng koʻp tashrif buyurgan davlatlar fuqarolari soni:
Tojikiston – 31,1 ming nafar;
Qozogʻiston – 8,1 ming nafar;
Qirgʻiz R. – 3,9 ming nafar;
Rossiya – 0,8 ming nafar;
Turkmaniston — 0,4 ming nafar.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring