9 oyda 1,3 mln. tonna meva va sabzavotlar eksporti amalga oshirilgan
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-sentyabr oylarida Oʻzbekiston xorijga qiymati 831 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 1,3 mln tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.
Bu koʻrsatgich 2022-yilning mos davriga nisbatan 1,1 barobarga yoki 99,5 ming tonnaga koʻpaygan.
Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya (41,9 %), Pokiston (15,1 %), Qozogʻiston (12,2 %) hamda Xitoy (8,4 %) davlatlari hissasiga toʻgʻri kelgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring