8-mart kuni yogʻingarchiliklar kuzatilmaydi

15:15 05 Mart 2021 Jamiyat
918 0

Juma kuni Oʻzbekiston boʻylab ochiq, lekin nisbatan sovuq kun boʻladi. Havo harorati 10-15° dan yuqoriga koʻtarilmaydi va meʼyoriy qiymatlarga teng boʻladi.

Ertaga Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand viloyatlarining baʼzi joylarida yomgʻir yogʻishi, mamaqaldiroq kuzatilishi mumkin, Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kechga yaqin biroz yomgʻir yogʻish ehtimoli bor. Qolgan xududlarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 0-5° iliqni, kunduzi 12-17° iliqni tashkil etadi.

7-mart kuni kechasi va ertalabki soatlarda baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻish ehtimoli bor. Qoraqalpogʻistonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Havo harorati pasayib, kechasi 0-5° iliqni, kunduzi 8-13° iliqni tashkil etadi.

8-mart kuni Respublika boʻyicha kam bulutli, yogʻingarchiliksiz havo kuzatiladi, kunduzgi soatlarda havo harorati 14-17° iliqni tashkil etib, biroz meʼyordan yuqori boʻladi. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер