6 oyda sanoatda 279 mln. litr mineral gazli va gazsiz suvlar ishlab chiqarilgan
Illustrativ foto
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekistonda yirik sanoat korxonalari tomonidan 279 mln. litr mineral gazli va gazsiz suvlar ishlab chiqarilgan.
2021-yilda Oʻzbekistonda barcha sanoat korxonalari tomonidan 801,2 mln. litr mineral gazli va gazsiz suvlar ishlab chiqarilgan. Bu 2020-yilga nisbatan solishtirilganda 44,8 % ga oshgan.
2022-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston xorijdan 47 mln. litr salqin ichimliklar import qilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring