6 oyda 5,5 trln. soʻmlik kiyim-kechak mahsulotlari ishlab chiqarildi
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-iyun oylarida jami faoliyat yuritayotgan kiyim mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan 5,5 trln. soʻm qiymatga teng boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarildi.
Tarmoqning 2020-yilning yanvar- iyun oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 117,3 % ni tashkil etdi.
Erkaklar yoki oʻgʻil bolalar uchun pidjaklar va bleyzerlar, jaketlar, pidjaksimon kurtkalar (trikotajdan tashqari) ishlab chiqarish 52,6-martaga oshdi.
Erkaklar yoki oʻgʻil bolalar uchun shimlar va bridjilar (trikotajdan tashqari) ishlab chiqarish 83,7 foizga oshdi.
Erkaklar yoki oʻgʻil bolalar uchun kurtkalar (jumladan changʻichilar uchun), vetrovka, shtormovka va shu kabi buyumlar (mashinada yoki qoʻlda toʻqilgan trikotaj buyumlardan tashqari) ishlab chiqarish 67,9 foizga oshdi.
Erkaklar yoki oʻgʻil bolalar uchun ishchi shimlar, koʻkrakpechli va yelka tasmali kombinezonlar, bridji va shortilar ishlab chiqarish 14,0 foizga oshdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring