6 oyda 1 milliondan ortiq avtomobil o‘rindiqlari ishlab chiqarilgan
Illyustrativ foto
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2023 yilning yanvar-iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 1 milliondan ortiq avtomobil o‘rindiqlari ishlab chiqarilgan.
Avtomobil o‘rindiqlari ishlab chiqarish hajmi 2022 yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,6 %ga oshgan.
O‘zbekistonda 2023 yilning iyun oyida yirik korxonalar tomonidan 226,6 ming dona avtomobil o‘rindiqlari ishlab chiqarilgani kuzatilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring