50 yoshli Oksana Chusovitina Jahon kubogida finalga chiqdi
Turkiyada oʻtkazilayotgan sport gimnastikasi boʻyicha Jahon kubogi bosqichining dastlabki kuni ortda qoldi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasining 2 nafar aʼzosi final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.
Oksana Chusovitina tayanib sakrash 13.083 ball jamgʻargan holda keyingi bosqichga yoʻl olgan boʻlsa, Abdulaziz Mirvaliyev erkin mashq dasturida 13.533 ball bilan kuchli sakkizlikdan joy oldi.
Endi ular ertaga, 14-mart kuni medallar uchun kurash olib borishadi. Shuningdek, bugun Jahon kubogi bosqichining ikkinchi kun saralash bahslari boʻlib oʻtadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring