50 ming kollej-texnikum oʻquvchisini dual taʼlim bilan qamrab olish tashkil qilinadi

12:58 05 Fevral 2024 Siyosat
360 0

Yigʻilishda 50 ming kollej-texnikum oʻquvchisini dual taʼlim bilan qamrab olishni tashkil qilish topshirildi.

Bu ishlar, avvalo, toʻqimachilik, qurilish va qurilish materiallari, eltexsanoat, mashinasozlik yoʻnalishlarida boshlanadi.

Bundan buyon bilim va malakani baholash jarayonlari bosqichma-bosqich nodavlat tashkilotlarga oʻtkaziladi.

Oliy taʼlim vazirligiga bakalavr yoʻnalishlarini yiriklashtirish hisobiga ularning sonini 40 foizga qisqartirish, ushbu yoʻnalishlardagi taʼlim dasturlarini TOP-300 ga kirgan oliygohlar dasturi asosida yangilash topshirildi.

Aniq va fundamental fanlar boʻyicha ilgʻor darsliklarni xorijiy tillardan bosqichma-bosqich tarjima qilish kerakligi koʻrsatib oʻtildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер