5-oktabr — Xalqaro oʻqituvchilar kuni
YUNESKOning 1966-yil 5-oktyabrda Parij shahrida boʻlib oʻtgan 14-sessiyasida Xalqaro Mehnat Tashkiloti bilan hamkorlikda Oʻqituvchilarning maqomi toʻgʻrisida tavsiyanoma qabul qilingan.
Mazkur hujjatda oʻqituvchilarning huquq va majburiyatlari, ular uchun yaratilishi zarur boʻlgan eng muhim shart-sharoitlar boʻyicha xalqaro meʼyorlar belgilangan.
Shu munosabat bilan, ushbu sana 1994-yildan beri Xalqaro oʻqituvchilar kuni sifatida nishonlab kelinadi.
Ushbu kun 100 dan ortiq davlatda keng nishonlanib, oʻqituvchilarning insoniyat hayoti va jahon taraqqiyotida tutgan oʻrni va ahamiyatini, ularning mehnat sharoitlarini yaxshilash va huquqlarini himoya qilishga eʼtibor qaratish lozimligini eslatib turadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring