5 yillik davlat qimmatli qogʻozlarini joylashtirish boʻyicha auksion muvaffaqiyatli oʻtkazildi

20:00 27 Oktyabr 2022 Iqtisodiyot
661 0

Foto: Arxiv surat

Joriy yilning 25-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublika Valyuta birjasida oʻtkazilgan navbatdagi elektron auksion savdosida umumiy hajmi 200,0 mlrd. soʻmlik muomala davri 5 yil boʻlgan davlat qimmatli qogʻozlari joylashtirildi. Ushbu davlat qimmatli qogʻozlarining foiz kupon toʻlovi yillik 17 foizni tashkil etadi.

Auksion natijasiga koʻra, bozor ishtirokchilari tomonidan 5 yillik davlat qimmatli qogʻozlarini sotib olish uchun kelib tushgan umumiy hajmi 295,4 mlrd. soʻmlik buyurtmalardan 200 mlrd. soʻm miqdordagi buyurtmalar 17,81 foizga teng oʻrtacha tortilgan daromadlilik bilan qanoatlantirildi.

Qayd etish joizki, Moliya vazirligi tomonidan davlat qarzi portfelini diversifikatsiyalash va valyuta xatarlarini pasaytirish maqsadida davlat qimmatli qogʻozlarini chiqarish hajmi oshirilmoqda va ichki moliya bozorlarini rivojlantirish boʻyicha tizimli choralar koʻrilmoqda.

Maʼlumot uchun: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–6207-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2021-2022-yillarda kapital bozorini rivojlantirish dasturini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ning 35-bandida bozor talabidan kelib chiqib, uzoq muddatli (5-10 yil) davlat qimmatli qogʻozlarini chiqarish boʻyicha auksionlar oʻtkazishni amaliyotga kiritish belgilangan.

Moliya vazirligi kelgusida ham davlat qimmatli qogʻozlarini chiqarishda ichki davlat qarzini samarali boshqarish va mahalliy moliya bozorlarini rivojlantirish maqsadlaridan kelib chiqib, moliya bozorlaridagi joriy holat va talabni inobatga olgan holda amalga oshiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер