5-iyun - Butunjahon atrof muhit kuni!

09:40 05 Iyun 2020 Jamiyat
6730 0

Har yili 5-iyunda oʻtkaziladigan Atrof muhit kuni butun jahon jamiyati eʼtiborini atrof muhitni muhofaza masalalariga jalb qilishdan iborat.

Mazkur bayram 1972-yil 5-iyunda Atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha Stokgolmda oʻtkazilgan konferensiyaning rezolyutsiyasiga asosan qabul qilindi. 1974-yildan boshlab esa eng dolzarb ekologik masalalarni hal etish uchun hukumat, biznes-tuzilma hamda fuqarolik jamiyati institutlarini jalb etgan va birlashtirgan holda keng tashkil etib kelinadi.

5-iyun Butunjahon atrof muhit kunining mavzusi - BIOLOGIK XILMA-XILLIK!

Mamlakatimiz bioxilma-xilligi boy boʻlib, hozirgi kunda umumiy holda 12772 turdagi oʻsimlik dunyosi obyektlari boʻlib, shundan - 4374 dan ortiq yuksak oʻsimliklar (15-mox, 2-xvosh, 19 paportnik, 18-ochiq urugʻli, 4320-yopiq urugʻli), 2102 dan ziyod zamburugʻ turlari va 2548 turdan ortiq suv oʻtlari, 500 lishayniklar, 2000 turdagi bakteriyalar, 822 sianobakteriyalar va 300 viruslar mavjud.

Respublikamiz hayvonot dunyosining taxminiy soni 16000 ga yaqin turni tashkil etadi. Shundan sut emizuvchilar - 97, yirtqichlar - 37, tuyoqlilar - 24, qushlar - 424, reptiliyalar - 59, ilonlar - 18 (shundan, zaharlilar - 5), baliqlar - 83, umurtqasizlar - 12670 turni tashkil etadi. Shundan, Oʻzbekiston Qizil kitobiga kirgan turlar 184 turni tashkil etadi.

Xalqaro SITES Konvensiyasi roʻyxatiga 11 tur sut emizuvchilar, qushlarni 59 turi, reptiliyalarni 4 turi, baliqlarni 4 turi, umurtqasizlarni 1 turi kiritilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер