462 million soʻm mablagʻ isteʼmolchiga qaytarildi
Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Qashqadaryo viloyati hududiy birlashmasiga Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida yashovchi fuqaro Keldiyar Eshqobilov tomonidan yozma murojaat qelib tushdi.
Mazkur murojaatda, Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida yashovchi fuqaro Keldiyar Eshqobilov 2017-yil 12-iyunda “Shovot maxsus bino qurilish” MCHJga jami 3 ta xonadon sotib olish uchun murojaat qiladi. Fuqaro va korxona oʻrtasida oldi-sotdi shartnoma tuzilib, shartnomaning 2.2 bandiga asosan belgilangan 420 000 000 ( toʻrt yuz yigirma million soʻm) summaning 25 foizini 10 ish kunida bankka toʻlagan. Qolgan qismini esa 2018-2019-yillar mobaynida turli bank kassalari orqali toʻlovni amalga oshiradi. Qarshi shahar hokimining 2019-yil 2-fevraldagi qaroriga asosan ushbu koʻp qavatli uy foydalanishga topshirilgan boʻlsa-da, biroq, bank tomonidan kredit kafolati asosida fuqaroning uyi ham garov taqiqqa uchragan va fuqaro uysiz qolganligi taʼkidlangan.
Federatsiyai matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, Qashqadaryo viloyati hududiy birlashmasi murojaat boʻyicha sudga ariza kiritdi va sud qaroriga asosan fuqaroga “Shovot maxsus bino qurilish” MCHJ tomonidan 420 million soʻm mablagʻ va jarima sifatida yana 42 million soʻm isteʼmolchi foydasiga undirib berildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring