416 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablarida oʻquvchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasi sinovdan oʻtkaziladiOʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi va Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamkorligida oʻquvchilarni jismoniy harakatlanishga yoʻnaltirish orqali ularni salomatligini mustahkamlash qaratilgan “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarini qabul qilishga start berilmoqda, joriy yilining noyabr oyida 416 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 9- va 11-sinf oʻquvchilaridan sport sinovlari qabul qilinadi. Sport sinovlari ixtiyoriy va maxsus talablardan iborat boʻlib, oʻquvchilarning chidamlilik, kuch, egiluvchanlik va tezlik imkoniyatlarini rivojlanganlik darajasini aniqlaydi. “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari oʻquvchilar oʻrtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish orqali ularning jismoniy qobiliyati va harakat faolligini takomillashtirish, mehnatga layoqatini oshirish, zararli odatlar hamda turli kasalliklarning oldini olish va sogʻlom turmush tarzi koʻnikmalarini shakllantirishga qaratilgan loyiha hisoblanadi va tez orada umummilliy harakatga aylanadi. 2024-yil mart-aprel oylarida barcha umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 7 yoshdan18 yoshgacha boʻlgan oʻquvchi-yoshlardan qabul qilinadi.

15:58 02 Yanvar 2024 Jamiyat
215 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi va Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamkorligida oʻquvchilarni jismoniy harakatlanishga yoʻnaltirish orqali ularni salomatligini mustahkamlash qaratilgan “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarini qabul qilishga start berilmoqda, joriy yilining noyabr oyida 416 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 9- va 11-sinf oʻquvchilaridan sport sinovlari qabul qilinadi.

Sport sinovlari ixtiyoriy va maxsus talablardan iborat boʻlib, oʻquvchilarning chidamlilik, kuch, egiluvchanlik va tezlik imkoniyatlarini rivojlanganlik darajasini aniqlaydi.

“Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari oʻquvchilar oʻrtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish orqali ularning jismoniy qobiliyati va harakat faolligini takomillashtirish, mehnatga layoqatini oshirish, zararli odatlar hamda turli kasalliklarning oldini olish va sogʻlom turmush tarzi koʻnikmalarini shakllantirishga qaratilgan loyiha hisoblanadi va tez orada umummilliy harakatga aylanadi.

2024-yil mart-aprel oylarida barcha umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 7 yoshdan18 yoshgacha boʻlgan oʻquvchi-yoshlardan qabul qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер